Qizilqumsement

“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati 1977-yil Navoiy viloyatining Navoiy shahrida ulkan sement va sement mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona sifatida tashkil etilgan. Korxona yiliga 2.5 mln. dona shifr mahsulotlarini hamda yillik 3.5 mln. tonna sement mahsulotini ishlab chiqarish quvvati tashkil etib, O’zbekistonning sement bozoridagi jami 29% ulushini o’z ichiga oladi.  Korxona 3 ta mahsulot ishlab chiqarish liniyasi orqali 6 turdagi 10 dan ortiq sement mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Umumiy korxona maydoni 1554 gektarni qamrab olgan bo’lib, jami 3500 ta ishchi-xodim o’z faoliyatini korxonada olib boradi.

Korxonaning qimmatli qog’ozlarining nominal bahosi ― 1570 so’mga teng bo’lib, jami ― 447 516 900 donani tashkil etadi. Korxonaning eng yirik aksiyadori “UzAssets” aksiyadorlik jamiyati bo’lib, uning “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushi 86,9 % tashkil etadi.

 Korxona 3 ta sement ishlab chiqarish  liniyalari orqali, jami 3,5 mln. tonna sement va sement mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Umumiy hisobda, korxona tabiiy katta mineral zaxiraga ega bo'lib: ohak ―103 mln. tonna, slanets ― 26 mln. tonna, gil slanets ― 18 mln. tonna, gips ― 4,7 mln. tonnani tashkil etadi.

Korxona o’ziga o’ziga qarashli jami transport vositalaridan 68 ta yuk tashuvchi avtomobillar, 5 ta teplovoz temir yo’lda foydalanish uchun, 54 ta traktor va pritseplar, 66 ta avtobus va turli avtomobillar, 84 ta maxsus texnikalar orqali sement tashish va ishlab chiqarish uchun foydalanadi.

Korxona bir qator xalqaro miqyosda joriy etilgan sertifikatlarga ega.

- ISO 14001 ― atrof-muhitni boshqarish tizimiga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga olgan xalqaro standart.

- OHSAS 18001 ― mehnatni muhofaza qilish va xavfsizligini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha talablar va ko’rsatmalarni o’z ichiga olgan bir qator standartlar uchun beriladigan sertifikat.

- ISO 9001 ― sifat menejmenti tizimining mezonlarini belgilash uchun joriy etilgan xalqaro sertifikat.

“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida klinker ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtinchi texnologik liniyani qurish” loyihasi (yillik ishlab chiqarish hajmi 1,8 mln tonnaga teng bo’lgan) ni amalga oshirish orqali ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan sifatli klinker mahsulotini ishlab chiqarish hamda qo’shimcha yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida, kapital qo‘yilmalarning umumiy qiymati 112,6 mln. yevro ekvivalentiga teng bo‘lgan investitsiya loyihasi ishlab chiqildi va hozirgi vaqtda amalga oshirilmoqda.

Investitsiya loyihasini amalga oshirish 2021-yilda “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatining 92,8 mln. yevro ekvivalenti miqdoridagi o'z mablag‘lari va tijorat banklariining 19,8 mln. yevro ekvivalenti miqdoridagi kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning qurilish-montaj ishlari 2022-yil I chorakda tugatilishi rejalashtirilgan.

Korxona tarmoqdagi flagman hisoblanib, bir qator afzalliklarga ega:

- Qimmatli qog’ozlari O’zbekiston bozorida yuqori likvidlikka ega (blue chip);

- Aktivlarning, kapital bahosi va yuqori dividedning daromadliyligi ;

- Ketma-ket to'rtinchi yili korxona foydasi, aktivlari qiymati, mahsulot sotuv hajmi o’sib borish tendensiyasiga ega;

- Mamlakatda olib borilayotgan kompleks qurilish ishlari yuqori darajani tashkil etmoqda;

- O’zining yirik tabiiy mineral resurslarga boy bo’lgan konlariga ega;

- Katta moliya mablag’lari zaxirasiga ega ekanligi. 

2021-2022-yillarda korxona moliyaviy hisob-kitob ishlari Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) dan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ga  o’tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Ko'rsatkichlar (ming so'm) O'tgan yilga nisbatan o'zgarish* 2020(BHMS)* 2019 (MHXS) 2018 (MHXS) 2017 (MHXS)
Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum 32%  2 220 961 615 1 682 700 162 1 659 968 739 1 039 848 428
Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) tannarxi 21%  1 233 672 911 1 023 586 339 791 588 859 545 470 896
Yalpi foyda 50%  987 288 704 659 113 823 868 379 880 494 377 532
Sotish xarajatlari -9%  51 190 510 50 388 912 675 002 354 411 456 522
Ma'muriy xarajatlar  39 431 937 37 977 854
Operatsion xarajatlar  254 715 054 289 920 222
Boshqa operatsion daromadlar 22%  22 389 088 18 307 637 11 761 523 9 865 304
Operatsion foyda 122%  664 340 291 299 134 472 205 139 049 86 786 314
Moliyaviy faoliyatning daromadlari 122%  94 585 474 42 533 913 26 934 681 9 128 355
Valyuta kursi farqidan daromadlar 6342%  64 606 089 1 002 937 - -
Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar 1096%  13 792 895 1 153 147 5 949 267 16 717 542
Foyda solig'i to'lagunga qadar foyda 118%  745 132 870 341 518 175 226 124 463 79 197 127
Foyda solig'i 131%  155 137 493 67 026 965 14 860 439 3 112 556
Sof foyda 115%  589995377 274 491 210 211 264 024 76 084 571

  

Yil Hisoblangan dividendlar (mlrd.so'm) Sof foydada dividendning ulushi
(BHMS bo'yicha)
2020  Qaror aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi
2019 205,9 75%
2018 101,6 30%
2017 26,9 54%

Qizilqumsement

Aktivlar (mlrd.so'm)
Kapital/majburiyatlar (mlrd.so'm)
Daromad/Sof foyda (mlrd.so'm)
ROA (%)
ROE (%)
Aksiyaning daromadliligi /Bir aksiya uchun dividend (So’m)
O'z aylanma mablag'lari bilan ta'minlanganlik koeffitsiyenti /Kapital va qarz nisbati (Koef.)
O'z va qisqa muddatli qarz majburiyatlarining nisbat koeffitsiyenti/ Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti/(Koef.)
Qoplash koeffitsiyent (Koef.)
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech